Talaba qizlar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Bugun 11-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba qizlar uchun «Oilaga va turmushga tayyorlash» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda filial psixologi A.Alliyarova talaba qizlarga oila, oilalarda ijtimoiy-psixologik barqarorlikni ta’minlash, oilada yaxshi ijtimoiy muhitni yaratish va oilada yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar bu borada fikr almashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.