Davra suhbati talaba qizlar uchun o‘tkazildi

Bugun 11 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba qizlar uchun «Oila qurishga tayyormisiz» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova va psixolog A.Allayarovalar talaba qizlarga erta turmushning salbiy oqibatlari, oilada totuvlikni ta’minlashda er-xotinning hamjihatligi va farzand tarbiyasi haqida tushunchalar berdi.

Tadbir yakunida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.