Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijaradagi talabalardan xabar olindi

Filial talabalari orasida ijara shartnomasi asosida ijara uylarda yashab ta’lim olayotganlarning yashash sharoitlari o‘quv yurtining profilaktika inspektori va tyutorlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Bugun filial tyutori Alimbergen Kosnazarov o‘ziga biriktirilgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularga isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz plitalarini e’tiborsiz qoldirmaslik, bevaqt ko‘chada yurmaslik, o‘qishiga va jamoat ishlariga faol qatnashish kerakligi haqida tushuntirishlar berdi.

Boshqa tyutorlarda o‘zlariga biriktirilgan talabalar orasida ijarada yashayotganlarning yashash sharoitlaridan xabar olib, ular orasida targ‘ibot ishlarini olib borsa har qanday yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olgan bo‘lamiz.

Filial Matbuot xizmati.