Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Kitobsevar talabalar respublika axborot-kutubxona markaziga ekskursiya uyushtirdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari filialning Axborot resurs markazi mutaxassislari va tyutorlari bilan hamkorlikda «Kitob va kitobxonlik haftaligi» doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etdi.

Unda kitobxon talabalar axborot-kutubxona markazining ish faoliyati, kutubxona fondiga yangi kelgan adabiyotlar, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi katalog va kartotekalar bilan yaqindan tanishdi.

Ekskursiya davomida talabalar axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.