Volontyorlik harakatining faoliyati va uning maqsadi, vazifalari tushuntirildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 1-kursga talabalikka qabul qilingan talaba qizlar uchun 11-sentyabr kuni filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova, “Qizlarjon» klubi a’zolari D.Aqmanova, A.Satbayeva va B.Abatbayevalar uchrashuv o‘tkazdi.
Unda 1-kurs talaba qizlarga filialning «Qizlarjon» klubi qoshida tashkil etilgan «Oltin qanot» volontyorlik harakatining faoliyati va uning maqsadi, vazifalari haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘zaro fikr almashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.