Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tyutorlar talabalarning tanlagan mutaxassisligi bilan qiziqdi

Bugun filial tyutorlari Maxsuda Yuldasheva va Daulet Urazxanovlar 1-kurs talabalari bilan «Men tanlagan mutaxassislik» mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda tyutorlar o‘zlariga biriktirilgan talabalarning nima sababdan ushbu mutaxassislikni tanlaganligi, bu mutaxassislikka qanchalik darajada qiziqishi borligi va ularning kelajakdagi oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan tanishdi. Bunday tanishuv orqali ular o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Filialdagi har bir tyutor shunday tadbirlarni o‘tkazib o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan yaqindan tanishib olsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Filial Matbuot xizmati.