Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijarada turadigan talabalarga qancha ijara puli to‘lab beriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan ta’minlanmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish belgilangan.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasiga qaramasdan, quyidagi miqdorda to‘lanadi.

▪️Toshkent shahrida – BHMning bir baravari (412 ming so‘m);

▪️Qolgan hududlarda – BHMning yarmi (206 ming so‘m).

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan hollarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi shart.

Filial Matbuot xizmati.