Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Ijaradagi talabalar tyutorlar e’tiborida

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutorlari o‘zlariga biriktirilgan talabalar orasidan ijara shartnomasi asosida ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlaridan xabar olishni yangi o‘quv yili boshidan yaxshi an’anaga aylantirmoqda.

Bugun filial tyutori Alimbergen Kosnazarov ijaradagi talabalarining yashash sharoitlaridan xabar oldi.

Xabar olish jarayonida talabalar bilan yaqindan suhbatlashib, ularga xonalarini toza tutish, o‘qishlariga vaqtida to‘liq qatnashish, elektr energiyasidan va gaz plitalaridan foydalanganda e’tiborli bo‘lishlari kerakligi haqida tushunchalar berib kelmoqda.

Filial Matbuot xizmati.