Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Talabalar teatrda madaniy hordiq chiqardilar

Filial talabalari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahnasida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilayotgan «Orolim mening» monopyerasini tomosha qildi.

Bir aktli, to‘rt ko‘rinishli drama. unda shoirning nozik tabiati bilan Orol dengizining fojiasini qo‘shib yetkazadi. Bosh qahramonning ichki dardlari ovoz to‘lqinlarida berilishi, she’r matni, solistning ovozi tiniq eshitiladi. Orkestr musiqalari yoqimli. Har bir sozanda shoir ichki to‘lqini bilan Orol dardini nozik yetkazdi.

Opera boshdan oxirigacha monolog shaklida bo‘lsa-da, unda ishtirok etuvchi ommaviy o‘yinlar va xor jamoasining ishtiroki dialog shakliga yaqinlashadi.

Opera yakunida Orolning qaytishiga umid bag‘ishlagan musiqa tomoshabinlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.