Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Muhammadjon O‘zbekiston kubogida 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 16-18 sentyabr kunlari Toshkent shahrida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Muhammadjon Saidov ham ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida Muhammadjon yadro uloqtirish yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sportchini musobaqaga filial professor-o‘qituvchilaridan Toliboy Arzibekov tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.