Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

«Xon atlas» oyligi – Milliy liboslar va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 19-sentyabr kuni talaba-qizlarning faol ishtirokida «Xon atlas» oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy liboslarimiz – xonatlas, adras, shoyi va boshqa betakror milliy liboslar namoyish etilib, ular bilan bog‘liq qiziqarli tarixiy ma’lumotlar talabalarga tanishtirildi.
Bu tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarimizda milliy liboslarimizga mehr uyg‘otish, an’analarimizni asrab-avaylashga chaqirish va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdir.

Filial Matbuot xizmati.