Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Universitet rektori xizmat safari bilan filialga keldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Nukus filialiga xizmat safari bilan keldi.

Rektor xizmat safarini dastlab filial talabalarining dars jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Tanishish jarayonida har bir auditoriyaga kirib talabalar bilan uchrashib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi va yurtimizda oliy ta’lim tizimidagi oldinga siljishlar, ayniqsa, sportchilarga yaratayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng filial direktori, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va kafedra mudirlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda berilgan vazifalardan kelib chiqib, filial faoliyatini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.