Rektor – filial professor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalarini tingladi

Avval xabar berganimizdek, kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori filial professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sifatini yaxshilash, ishchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini tingladi.

So‘ng rektor bu bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi va filial rahbarlariga aniq vazifalarni belgilab berdi.

Filial Matbuot xizmati.