Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijarada yashaydigan talaba qizlarning ahvolidan xabar olindi

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova va filial professor-o‘qituvchisi U.Kalilaevalar shu yilning 24-sentyabr kuni ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Unda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova va filial professor-o‘qituvchisi U.Kalilaevalar talaba qizlarga yashash xonalarini toza saqlash, elektr energiyasidan va gaz uskunalaridan foydalanishda e’tiborli bo‘lishlari kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Filial tomonidan ijarada yashaydigan talaba qizlarning ahvolidan xabar olish ishlari o‘quv yili davomida doimiy ravishda olib boriladi.

Filial Matbuot xizmati.