Ijaradagi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

Filial tyutori Nargiza Artiqboyeva profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov va psixolog A.Alliyarovalar bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan talabalar orasidan ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlar davomida talabalar yashash xonalarining tozaligiga, gaz plitalari va elektr jihozlarining sozligiga alohida e’tibor qaratildi va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Shu bilan birga filialning ichki tartib qoidalariga bo‘ysunish va har xil yomon illatlardan uzoq bo‘lishlari kerakligi bo‘yicha ham tushuntirib o‘tdi.

Ijara uylarda yashayotgan talabalarning yashash sharoitidan xabar olish davom etmoqda. Bu borada filialning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi ham ijaradagi talabalarning yashash sharoitlaridan xabar olsa o‘rinli bo‘lar edi. Chunki u filialda barcha yoshlarning yetakchisi!

Filial Matbuot xizmati.