Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga stress holatlarining oldini olish yo‘llari o‘rgatildi

Bugun 26-sentyabr kuni filial psixologi Aygul Alliyarova tomonidan filial talabalari o‘rtasida «Stress holatlarning oldini olish va hal qilishda insonning ruhiy immuniteti» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda psixolog talabalar o‘rtasida turli ruhiy o‘zgarishlarni erta aniqlash, hayotga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashish, ularni hayotga tayyorlash va stressdan chiqish yo‘llarini o‘rgatish hamda yuzaga kelgan muammolarga psixologik yechim topish yo‘llari bo‘yicha maslahatlar berib o‘tildi.

Seminar-trening ishtirokchilari yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.