Talabalarga «Teng-tengga» tamoyili asosida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kursi» doirasida «Teng-tengga» tamoyili asosida «Mas’uliyatli ota-onalik» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda filial psixologi A.Alliyarova va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova bilan birgalikda talabalarga mas’uliyatli ota-onalik, erta nikohning oldini olish, uning salbiy oqibatlari, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning salbiy ta’sirlari, reproduktiv salomatlik, sog‘lom oilaviy munosabatlar haqida suhbatlashdi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi va qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.