Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari tarixiy joylarga sayohatga bordi

Professor-o‘qituvchining dars o‘tish mahorati, talabalarni darsga qiziqtirish har bir o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Buni filial professor-o‘qituvchisi Rashid Shoniyozov misolida ko‘rish mumkin.

Rashid aka o‘ziga biriktirilgan «Sport sog‘lomlashtirish turizmi» darsini talabalarga yanada yaxshi va tushunarli qilib o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan «Ichan qal’a» tarixiy yodgorligiga olib bordi va tarixiy obidalar, «Ichan qal’a,» eski shahar majmuasi, masjid, madrasa, minoralar, to‘rt darvozasi bilan tanishtirib ularga foydali va qiziqarli ma’lumotlar bera oldi.

Eng asosiysi Rashid Shoniyozov talaba-yoshlarda ona Vatanga, qadimiy tarixiy maskanlarga hurmat tuyg‘ularini uyg‘ota oldi va ichki turizmning rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Filial Matbuot xizmati.