Qizlar jamoasi «Zakovat» o‘yinida bellashdi

Sana munosabati bilan bugun 13-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba qizlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda talaba qizlardan tuzilgan jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan berilgan bir-biridan qiziqarli savollar orqali o‘yin davomida o‘zlarining ziyrakligi, chaqqonligi va bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Qiziqarli savollar asosida o‘tkazilgan o‘yin yakunida «Voleybolchilar» jamoasi 1-o‘rin, «Nargiz qizlari» jamoasi 2-o‘rin va «Bahodir aka qizlari» jamoasi 3-o‘rinni egallab, Diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, o‘yinda faol ishtirok etgan qolgan jamoa a’zolari nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.