Filial talabalari chempionlar safidan joy oldi
Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari sportning kurash turi bo‘yicha kattalar va ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatga respublikamizning barcha tuman va shaharlari qatori O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchi yoshlar qatnashdi.
Chempionlik uchun olib borilgan musobaqa yakunida filial talabalaridan Agabek Gulmurzayev, Ruslan Tolibayevlar 2-o‘rin, Temirbek Kenesbayev, Muratbek Nazarov 3-o‘rin, Ayzada Abilkasimova, Aygul Adilbayeva 1-o‘rin, Zebiniso Suvanova 2-o‘rin, Zuxra Tolqinbayeva va Umida Eshniyazovalar 3-o‘rin sohiblari bo‘lishdi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.