Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Devonxona va arxiv bo’limi

Devonxona va arxiv bo’limi mudiri

Uzaqbergenov Ikram Baxıtbaevich

Telefon:(+ 99890) 592-99-38

 

Devonxona mudiri lavozim vazifalari:

  • Filialga keluvchi hujjatlarni to’g’ri hisobga olish, o’z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
  • Filialdan chiquvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Filiali direktori nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni
    varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
  • Filiali direktori ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
  • Filiali direktori (direktor órinbosari) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Kiruvchi xat-xabarlarni, filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
  • Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma jildlarga tikib qo’yish;
  • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

 

Bilishi kerak:

  • Ish yuritishni tashkil etishni, yig’ma jildlar ro’yxat tartibi, holatini, doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig’ma jildlarning ro’yxatlarini, yig’ma jildlarni arxivga topshirish muddatlari va tartibini bilishi, devonxona faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Filiali direktori buyruqlarining mohiyatini bilishi, Filial yillik va istiqboli rejalarini bilish.

 

Маtalablari:

  • Filialda boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
  •  Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
  • Yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.

 

Devonxona va arxiv bo’limi arxivariusti
Erimbetova Altinay Eliwbayevna
Telefon (+99891) 393 00 33