Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga xususiy tashabbuskor “XAYAT GROUP” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

   Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
   Loyiha konsepsiyasi;
    Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.  

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

       Elektron pochta manzili: ozdjtsunf@edu.uz
       Telefon raqami: 61 224-12-48, 224-27-78
       Manzil: 230101, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 24-uy

 


 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

       Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz
       Telefon raqami: 71 203-32-23
       Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy.

 


 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

       Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uzShahodat.Navruzova@imv.uz
       Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919)
       Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni yuklab olish