Xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash
![]() |
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ӽotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi, direktor maslaxatchisi |
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash 2019-yildan buyon oʻz faoliyatini olib bormoqda
Filialning xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash qoshida «Qizlarjon» klubi, «Lider qizlar» klubi, «Iqtidorli qizlar» toʻgaragi tashkil etilgan.
Filialning xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi va oʻrinbosarlari boshlangich tashkilot aʼzolaridan saylanadi va faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
Filialning boshlangich tashkilotining faoliyatini olib borishiga huquqiy asos O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash» toʻgʻrisidagi Nizom hisoblanadi (2023.17.07. 311-son b).
1.Xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengashning vazifalari quyidagilar:
Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi vazifalarini belgilashda faolligini oshirish. Xotin-qizlarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini qoʻriqlash. Milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarin mustahkamlash. Yoshlarni maʼnaviy yetuk, millat va mamlakat rivojlanishi yoʻlida oʻz kuchini ayamaydigan inson etib tarbiyalash.
2.Boshlangʻich xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengashning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
Xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mexnatdagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va taʼminlash ishlarini olib borish;
Xotin-qizlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib boradi, milliy va madaniy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimiz asosida qizlarni har taraflama yetuk inson qilib tarbiyalashda tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar oʻtkazish;
Xotin-qizlarning huquqlarni himoya qilish, maʼnaviy intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;
«Iqtidorli qizlar» toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻyish, iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tavsiya etish;
Oilada sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ona va bolalikni ximoya qilish, xotin-qizlarni sportga qiziqishini oshirish;
Xotin-qizlar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik gʻoyalarini tarqalishini oldini olish.
Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, imkoniyati cheklangan, boquvchisin yoʻqotgan yolgʻiz ayollarga koʻmaklashish.
Filialning xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengashi raisi Ilimiy kengashga yiliga 1 marta hisobot beradi.