Psixolog
|
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali pisxologi Alliyarova Aygul Dao‘letyarovna Telefon: (91) 304-87-82 E-mail: aygul-alliyarova_g@mail.ru |
1. Filial psixologi faoliyati ta’lim xizmatlari sohasiga mansub bo’lib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabaning har tomonlama garmonik, to’laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi optimal shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.
2. Filial psixologi o’zining talaba xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari, kasbiy bilimlari, talabalar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlari, o’quv-tarbiya jarayonini tashkillashuviga tayanib, shaxsga individual yondashuv imkoniyatlarini beradi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, me’yordan chetlashishlarning ehtimolli sabablarini, psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo’llarini aniqlaydi.
Filial psixologi faoliyatining tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti oliy ta’lim muassasalari talabalari, o’qituvchilari, ota-onalari bo’lib, hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
3. Filial psixologi o’z faoliyatini direktorning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari, fakultetlar, tibbiyot xodimlari, muayyan komissiyalar, ota-onalar hamda oliy ta’lim muassasi jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.
4. Filial psixologi lavozimi bo’yicha umumiy rahbarlikni oliy ta’lim muassasining direktorning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari olib boradi.
5. Filial psixologi talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar kamolatiga etaklovchi modelni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
6. Filial psixologining faoliyati yo’nalishlari:
psixoprofilaktik ishlar
psixologik maorif va ma’rifat
psixodiagnostika
psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya
psixologik konsultatsiya
Psixoprofilaktika – Filial psixologi faoliyatining maxsus turi bo’lib, talaba va professor-o’qituvchilar uchun sog’lom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlash hisoblanadi.
Psixologik profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar:
shaxs sifatida shakllanish, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish;
talabani muayyan sharoitga moslashishi (ko’ngil) ga oid ishlarini olib borish, buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog’liq bo’lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari, guruh rahbari bilan alohida ishlash va hakozo);
talabalarni birinchi bosqichga qabul qilish jarayonida qatnashish, ularning filial ta’lim-tizimiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash, professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikda talabalar bilan individual ishlash dasturini ishlab chiqish;
talabalarni filial ta’limning bir bosqichdan ikkinchisiga o’tkazishning psixologik-pedagogik kompleks tadqiqotida bevosita qatnashish, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tkazishni psixologik jihatdan tekshirish talabalar, ota-onalar bilan hamkorlikda oliy ta’limning yangi bosqichga tayyorgarligini hisobga olgan holda yakkahol ishlash dasturini yaratish, shu bilan birga, ota-onalarga farzandlari bilimlaridagi uzilishlarini kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo’l–yo’riqlar berish;
ta’lim va tarbiya, yashash sharoiti bilan bog’liq nevrotik holatlar, psixologik zo’riqishning oldini olish, nevrotik holatlar, psixologik zo’riqishlarning oldini olish maqsadida talabalar bilan ishlash;
talaba shaxsining qobiliyati, mayli psixologik fazilatlari, xususiyatlarini to’laqonli namoyon bo’lishi maqsadida, aqliy (intellektual) taraqqiyot darajasini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish;
filial jamoa – a’zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish chora-tadbirlarini tarkib toptirishga ko’maklashish;
filial istiqboli bilan bog’liq bo’lgan, ilmiy jihatdan asoslangan modelni professor-o’qituvchilar hamkorligida yaratish. Filialda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini psixologik-pedagogik diognostika qilishda qatnashish unga o’zgartirishlar kiritish, oqibat natijada talabalarni garmonik taraqqiy etish muammosini maqsadga muvofiq hal qilishiga xizmat qilish;
o’quv motivlari, shaxsining yo’nalishi, uning etnomadaniyat bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga yo’naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish;
shaxslararo, etnik guruhlar, millatlararo har xil ko’rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun psixologik tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi;
professor-o’qituvchilar xodimlar, muallimlar, ota-onalar o’rtasida yuzaga keladigan nizolarning, oilaviy nizolarning psixologik ildizini o’rganish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, favqulodagi vaziyatlarni engillashtirish va tamoman bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish;
yoshlar o’rtasidagi aysh-ishratga, giyohvandlikka, engil turmush kechirishga, qing’ir yo’l bilan boyishga ruju qiluvchi shaxslar bilan individual ishlashni yo’lga qo’yish;
og’ir kasallika uchragan talaba va xodimlar ruhiyatini tetiklashtirish, abadiyat qonuniyatlari bilan ularrni tanishtirish, pessimistik kayfiyatdan voz kechib, shukrona yashashga o’rgatish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’zlashtirishi sust bo’lgan talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish, hamda korrektsion ishga muhtoj shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
o’z-o’zini boshqarish imkoniyatini oliy ta’lim talabalari o’rtasida aniqlash (bioritmika, emotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish, diqqat kabilarni shaxs tomonidan idora qilishni nazarda tutiladi.).
talabalarda, ayniqsa, talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalarda ijtimoiy moslashuv ko’nikmasini shakllantirish va ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etishda psixologik-pedagogik ta’sir amaliyotlarini olib borish;
huquqbuzarlik va jinoyatga moyilligi bo’lgan, xulqi og’ishgan talabalarni aniqlash, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish orqali ijtimoiy faol faoliyatga yo’naltirish;
o’quv qo’llanmalarining sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma’lumotlar to’plash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatga, kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash;
filial xodimlari, talabalarining ekologik, iqtisodiy siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqqillikni mustahkamlash imkoniyatini o’rganish va ularda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
talabalar o’rtasida bo’sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tekshirish va bo’sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo’llari, ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik tahlil qilish;
filial talabalarida davlat mablag’ini tejash tuyg’usini aniqlash, tejamkorlik, mol mulkni asrash hissini o’rganish, noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mehnatni qadrlash burchini shakllantirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g’urur, millatlararo munosabatni tarkib toptirish ishlarini amalga oshirish;
filial xodimlari, talabalarida ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy psixologik dastur yaratish, hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish;
oiladagi zo’ravonlikdan jabr ko’rgan yoshlarni jalb etgan holda ularda ertangi kunga bo’lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etish;
oiladagi zo’ravonlikdan jabr ko’rgan yoshlarni noxush holatlardan saqlash va og’ir vaziyatdan chiqarishga qaratilgan psixologik xizmatni tashkil etish.
Psixologik maorif va ma’rifat – talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus psixologik tadbirlar olib borish, pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o’qituvchilarning muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilararo keng ko’lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a’zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora-tadbirlarni tarkib toptirishga ko’maklashish.
Psixodiagnostika – psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarning o’qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual-psixologik xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi.
Bunda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi:
yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog filial talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. Talabalarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’zini o’zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi;
psixolog professor-o’qituvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko’rsatadi.
filial talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va kunikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intlektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diognostika qiladi.
talabalarning o’z tenqurlari (tengdoshlari) bilan muomalasini o’rganish uchun ularni tekshiradi. Ularning etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda psixofiziologik metodlarni muayyan sharoitga moslashtiradi.
boshqa soha mutaxassislari bilan birgalikda talabaning psixik rivojlanishidagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differrentsial diagnostikani amalga oshiradi. Xususan:
a) nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi;
b) assotsial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilaydi;
v) talabalar o’rtasidagi giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o’g’irlik, daydilik kabi illatlarning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, uning omillarini tahlil qiladi;
Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlar – yo’nalishi psixologdan talaba, professor-o’qituvchilar shaxsi va intllektini tarkib toptiish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqozo qiladi.
Ushbu yo’nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:
rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg’uloti ayrim talabalar bilan alohida o’tkazilishi mumkin bo’lgan mashg’ulotlar rejalashtiriladi.
b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi;
v) ota-onalar pedagogik jamoalarga oliy ta’lim tizimi xodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
rivojlantiruvchi va psixokorrektsion muammolarni qamrab oluvchi korrektsion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi.
rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar dastur shunday tuzilish keraki, unda korrektsion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatli yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari o’z aksini topsin; dasturni xalq, etno millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusmlari odatlari kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir.
Filial psixologi talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korektsiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o’tkazadi, ijodiy (kreativ) qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treniglar olib boradi.
talabalar va professor-o’qituvchilar o’rtasidagi nomutonosiblikni yo’qotish maqsadida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish: ulardagi o’qishdan, ijtimoiy muhitdan egallangan o’rnidan, mavqiedan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, rolli o’yinlar, psixodrammadan foydalanish.
emotsional zo’riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus kabenetlarni jihozlash (xona jahon standartlariga javob berish, boshqaruv pulti, ekran vositalari, autotrening, sotsial trening,texnik vositalarga, ilmiy uslubiy metodikalarga ega bo’lish lozim).
korrektsion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emotsional zo’riqishga uchragan shaxsning millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak: tuzatish ishlari mashg’ulot, faoliyat kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi: unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yo’qotish imkoniyatini yaratadi.
Filial psixologi xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor va shaxslararo o’zaro muomala munosabatlaridagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi.
Korrektsion faoliyatning psixologik qismi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi:
Filial psixologining maxsus individual ishi;
talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar;
ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish.
Psixologik konsultatsiya (maslahat) – talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, professor-o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu yo’nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:
ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish;
ma’muriyatga talabalarni va guruhlarni qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha maslahat berish: ularni faolllashtirish, ularga ta’sir o’tkazish to’g’risida rahbar kadrlarga amaliy ko’rsatmalar tayyorlash;
ota-onalarga talabalarnig psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar berish;
filial tizimining barcha bo’g’inlari va bosqichlarida ma’ruza o’qish, ota-onalar yig’ilishida, oliy ta’lim muassasi Kengashida ishtirok etish orqali pedagoglar, ota-onalar psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish, ularga individual, guruhiy maslahatlar berish;
filialga talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to’g’risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish;
rahbar kadrlar va professor-o’qituvchilarning kasbga yaroqligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqadi;
attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to’plash va ularni umumlashtirib, yakahol tavsiyalar ishlab chiqish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intelektual potentsialini (imkoniyatlarini) aniqlash fan va texnikani rivojlantirish imkoniyatini, oliy maktabning nufuzi to’g’risida materiallar yig’ish, ularni psixologik tahlil qilish va maslahatlar berish;
yotoqxonalarda talabalarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiyasi, mosligi va turmushga munosabati to’g’risida ma’lumotlar to’plash va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
a’nanaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samarodorligini sinab ko’rish, talabalarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ularga asosan o’qitishni individuallashtirish, differentsiyalash bo’yicha o’quv bo’limiga ko’rsatmalar tavsiya berish;
iqtidorli talabalarni tanlashda ishtirok etish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib ularga stependiyalar belgilashda ishtirok etish;
professor-o’qituvchilar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to’garaklar faolligini ko’tarish tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo’yicha musobaqalar, bahslar tashkil qilish va ularning mahsuldorligi to’g’risida bashoratlar qilish;
7. Filial psixologi faoliyatini amalga oshirish metodlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida filial professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish;
ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish;
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
psixologik maslahat berish;
psixologik konsiliumlar o’tkazish.
8. Bu yo’nalishdagi ishlar rejasi direktorning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.
9. Filial psixologining vazifalari:
filialdagi axloqiy-psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta’sirini o’rganish;
talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy-psixologik diagnostika o’tkazish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash (barcha talabalar);
kattalar tomonidan tazyiq o’tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib borish (talabalar bilan individual suxbat);
notinch oilalar farzandalarini erta aniqlash;
ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonga jalb etish;
mushkul vaziyatlarga tushib qolgan talabalarga individual maslahatlar berish;
ota-onalar, pedagoglar, ma’muriyat va guruh murabbiylariga maslahatlar berish;
talabalardagi xulqi og’ishishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish;
turli holatlar bo’yicha hisobda turadigan talabalar bilan psixoprofilaktik va korrektsion ishlarni olib borish;
professor-o’qituvchilar, psixologik yordamga muhtoj talabalar va ota-onalar o’rtasidagi o’zaro munosabatni va o’zaro tushunish darajasini oshirish;
o’qituvchilar jamoasiga talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyatini, maylini o’sish darajasiga qarab, o’qituvilarga korrektsion ishlarni amalga oshirishda ko’rsatmalar berish, psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu talabalar o’sishida kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o’rganish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va qayta tayyorlash sohalaridagi qarorlarini amalga oshirish.
10. Psixolog faoliyatiga doir hujjatlar:
filial direktori tomonidan tasdiqlangan yillik ish reja;
psixologning konsultatsiyalarni ro’yxatga olish jurnali;
talabalar bilan individual ishlarni hisobga olish jurnali;
filialdagi talabalar guruhlarining ijtimoiy-psixologik pasportlari;
talabalarning individual-psixologik taraqqiyoti xaritasi;
noxush oilalar, xavf-xatar darajasi yuqori bo’lgan talabalarning ma’lumotlar bankini yaratish;
Ota-onalar, pedagog xodimlar bilan ish yuritishga doir materiallar.
11. Filial psixologining individual mas’uliyati:
funktsional vazifalarini bajarishga;
tasdiqlangan ish rejasining to’liq bajarilishini ta’minlashga;
tasdiqlangan shakldagi hisobotlarni o’z vaqtida taqdim etishga;
psixologik diagnoslarning aniqligiga;
diagnostik va korrektsion metodlar adekvatligiga;
talabalar bilan olib boriladigan ishlar va ularning natijalariga;
berilayotgan tavsiyalar asoslanganligiga;
tekshiruv va boshqa hujjatlar to’ldirilishiga va saqlanishiga.
12.Filial psixologining majburiyatlari:
filialning Nizomi va psixolog kodeksiga ko’ra ish yuritish;
oliy ta’lim muassasalari psixologlari faoliyati bo’yicha metodik seminarlarda ishtirok etish;
filial rahbariyati oldida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar berish;
ma’muriyat, ota-onalar bilan uzviy aloqada ish yuritish;
konsultativ jarayonda olingan shaxsiy axborot maxfiyligini ta’minlash;
filial Kengashi oldida hisobotlar berib borish.
13. Filial psixologining huquqlari:
filial Kengashi yig’ilishlarida ishtirok etish;
talabalar faoliyatini kuzatish maqsadida darslar va darsdan tashqaridagi ishlarda ishtirok etish;
pedagogik hujjatlar bilan tanishish;
filialda guruhiy va individual psixologik tadqiqot ishlarini olib borish;
o’z ish tajribasini umumlashtirish maqsadida ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda ishtirok etish, psixologik-pedagogik bilimlarni targ’ib etish;
ma’lumoti va kvalifikatsiyasiga muvofiq o’quv va fakultativ mashg’ulotlar yuklamalarini olish;
zaruriyat tug’ilganda tibbiy va defektologik muassasalarga murojaat etish;
o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bilan bog’liq masalalarni oliy ta’lim muassasi rahbariyatiga etkazish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o’z kasbiy malakasini oshirish;
mehnatni tashkil etishning qulay shart-sharoitlariga ega bo’lish;
filial rahbariyatidan maslahatlar olish;
xavf-xatarga moyil talabalar bilan ishlashga yagona yondashuvlarga doir uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqish;
ta’lm-tarbiya jarayonida professor-o’qituvchilar va talabalar xulqi, o’quv faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma’ruza, auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda qatnashadi;
murabbiylar, ota-onalar va talabalarning yig’ilishlarida ishtirok etadi;
ilmiy izlanishni yo’lga qo’yish maqsadida filialda guruhiy va individual psixologik tajribalar o’tkazadi;
psixologik ixtisos, asosiy ma’lumotlardan tashqari o’quv va fakultativ tarzda 0,5 pedagogik stavkada dars o’tish imkoniyatiga ega;
kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etish uchun yuqori tashkilotlardan, zarur shart-sharoitlar yaratishini talab qiladi;
ota-onalarga zaruriyat tug’ilganda oilaviy turmush psixoloiyasiga oid konsultativ xizmat usullarini tavsiya qiladi;
amaliyotchi psixologning mehnat ta’tili muddati barcha filial professor-o’qituvchilari bilan barobardir;
14. Filial psixologi bilishi zarur:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta’lim va yoshlar to’g’risida qabul qilingan farmon, qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyatini;
zamonaviy umumiy psixologiya sirlaridan xabardorligi, ya’ni barkamol shaxsning psixologik komponentlari (kognitiv, emotsional, xulq-atvor), psixologik qonuniyatlar, psixologik mexanizmlar va psixologik xodislarni, shaxs strukturasidagi bilish jarayonlari individual psixologik xususiyatlari, irodaviy-emotsional holatlarini, shaxsning zamonaviy nazariyalarini bilishi;
yosh davrlari psixologiyasini, ya’ni psixologik davrlashtirish klasifikatsiyasidan o’smirlik, o’spirinlik, talabalik, yoshlik, etuklik yoshlarining o’ziga xos psixologik qonuniyat, mexanizm va xodisalarini, mazkur davrdagi psixologik, fiziologik va ijtimoiy omillar bilan bog’liq muqqarar yuz beradigan qiyinchiliklarni o’ziga xos psixologik xarakteristikasini chuqur bilish;
zamonaviy ijtimoiy psixologik bilimlardan xabardorligi, ya’ni psixologik ijtimoiylashuv jarayonlari, guruxlar klasifikatsiyasi va uning xranalogiyasi, shaxsning biror bir faoliyatga yo’nalishida qadriyatlar tizimi, extiyojlari, motivlari, qiziqishlari, dunyo qarashlari, orzu va istaklari, ijtimoiy faolligi, ma’suliyat, burch komponentlari, jamoaviy uyushqoqlik jihatlari, ijtimoiy muhitga adaptatsiyasi kabilarni bilishi;
etnopsixologik bilimlarni puxta bilishi, ya’ni milliy xarakter, milliy qadriyatlar tizimi, milliy urf-odat va ana’nalar, milliy qiyofaning psixologik portreti hamda mentalitet psixologiyasidan habardor bo’lishi;
Respublika va xorij olimlarining barkamol shaxs kontseptsiyasining psixologik portretiga qo’shayotgan yangiliklaridan xabardor bo’lishi;
psixologik xizmat ko’rsatish yo’nalishlari psixoprofilaktika, psixologik maorif va ma’rifat, psixodiognostika, pesixik riqojlantirish va psixokorrektsiya hamda psixokonsultatsiyaning zamonaviy usullarini bilishi;
pedogogik-psixologiyaning zamonaviy tadqiqot va targ’ibot metodlarini, o’quvchi-yoshlarni o’quv faoliyatiga to’g’ri yo’naltirishning psixologik mexanizmlarini, o’quv motivlarini kuchaytiruvchi psixotreninglarni bilishi;
hozirgi zamon ilmiy-amaliy asoslangan tadqiqot va targ’ibo metodlarini bilishi talab qilinadi.
15. Filial psixologiga qo’yiladigan malaka talablari:
oliy toifadagi psixolog: ixtisosligi bo’yicha magistrlik diplomiga ega mutaxassis, psixolog sifatida kamida 1 yil ish staji bo’lishi lozim;
1-toifadagi psixolog: ixtisosligi bo’yicha magistrlik diplomiga ega mutaxassis, 2-toifadagi psixolog sifatida kamida 1 yil (ixtisosligi bo’yicha magistr ish stajiga talab qo’yilmaydi) ish staji bo’lishi lozim;
2-toifadagi psixolog: psixologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis, psixolog sifatida kamida 2 yil ish stajiga ega bo’lishi lozim.