Filialda ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida talabalarning ota-onalariga keng ma’lumot berish. Ular bilan yaqindan tanishish va shu orqali yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ota-onalarni filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalarning ota-onalar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida talabalarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlari uchun o‘quv yurtida yaratilgan imkoniyatlar, filialning shu kungacha erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

– Bugun o‘tkazilayotgan ota-onalar yig‘ilishida biz o‘zimiz uchun juda ko‘p kerakli ma’lumotlarni oldik. So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlari tizimiga joriy etilgan kredit moduli haqida batafsil tushunchaga ega bo‘ldik. Filial rahbarlari farzandlarimizning kelajagi porloq bo‘lishini ta’minlash uchun biz ota-onalarni yaqindan hamkorlikda ishlashga chaqirmoqda. Aslida, biz ota-onalar farzandlarimiz kelajagi uchun qayg‘urishimiz kerak. Kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanishning oldini olishda ota-onalarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda, filial rahbariyati farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasida birdek mas’ul ekanligidan juda xursandmiz deydi, – ota-onalardan biri biz bilan suhbati davomida.

Tashkil etilgan yig‘ilish davomida ota-onalar o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan savollariga javoblar oldi.


Filial Matbuot xizmati.