Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Loyiha doirasida yozuvchi, shoir, qissaxon va jurnalistlar filialda mehmon bo‘ldi

«Ma’rifat taratib» loyihasi doirasida «Qoraqalpog‘iston xalq shoiri,» «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist,» «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesbay Karimov, shoir, qissaxon va jurnalist Xalila Davlatnazarov hamda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,» shoir Bobur Bobomurodlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida mehmon bo‘ldi.

 

Mehmonlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov tantanali ravishda kutib oldi va ularni filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Tanishuv jarayonida mehmonlar Axborot-resurs markaziga o‘zlarining qalamlariga tegishli asarlari jamlangan kitoblarini topshirdilar hamda «Zakovat» intellektual o‘yinida ishtirok etayotgan talabalar bilan uchrashib ularga muvaffaqiyatlar tiladilar va har bir talabaga kitob bilan do‘st bo‘lishga chaqirdilar. Shuningdek, kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, ma’naviy dunyosi boy bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Loyiha doirasida mehmonlar filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yozuvchi, shoir, qissaxon va jurnalistlar talabalarga o‘zlarining ijodlari, har bir asarining yaratilish tarixi, o‘zlarining hayoti va mehnat yo‘li, ijodkor insonlarga hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.