Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarning erkin kurash va yunon-rum turidan natijalari yaxshi

Bugun yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha «Universiada-2025» sport o‘yinlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha oliy o‘quv yurtlari sportchilari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar ishtirok etdi.

Sportchilar musobaqaning O‘zbekiston Respublikasi bosqichi uchun qizg‘in bellashuvlar olib bordi.

Bir-biridan qiziqarli keskin bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida yunon-rum mutaxassisligidan yetti nafar talaba va erkin kurash mutaxassisligidan uch nafar talaba g‘olib bo‘ldi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Sportchilarni musobaqaga erkin kurash bo‘yicha Alisher Yoqubboyev, yunon-rum kurashi bo‘yicha Ulug‘bek Jarilqopov tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.