Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar basketbol musobaqasida kuch sinashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Basketbol» mutaxassisligi talabalari orasidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida sportning basketbol turidan «Sport salomatlik garovi» shiori asosida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalar o‘zlarining ixtisoslashgan sport turidan o‘zaro kuch sinashdi. Bir-biridan qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi.

Unda 1-o‘rinni 07.24 guruhi jamoasi, 2-o‘rinni 06.24 guruhi jamoasi va 3-o‘rinni 01.24 guruhi jamoasi egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqani filial professor-o‘qituvchilaridan G.Baltaboyeva, N.Palvoniyozova, S.Amaniyazov va S.Aytjanovlar o‘tkazdi.

Filial Matbuot xizmati.