Filial talabasi O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 20-27-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar qatnashdi.
Uch kun davom etgan musobaqa yakunida filial talabasi Muxaddas Nasirova barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rin g‘olibi bo‘ldi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial matbuot xizmati.