G‘olib jamoa «Direktor kubogi» bilan taqdirlandi

2025 yilning may oyi «Sport oyligi» deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida «Sportchi – el himoyachisi» shiori ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sportning mini futbol turidan «Direktor kubogi» uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada filialda tahsil olayotgan talabalar orasidan tuzilgan jami 7 ta jamoa ishtirok etdi.

Bir-biridan qiziqarli bo‘lib o‘tgan kubok yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi va ular filial rahbariyati tomonidan «Direktor kubogi,» medal, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Filial Matbuot xizmati.