Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabasi «O‘zbekiston chempioni» bo‘ldi

Toshkent shahrida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida «O‘zbekiston chempionati» bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Qilichbozlik» mutaxassisligi 2-kurs talabasi Qurbonnazar Utambetov ham ishtirok etdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabasi barcha raqiblaridan ustun kelib 1-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.