Talaba-qizlar o‘rtasida etnosport turidan musobaqa bo‘ldi

Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish. Ularni sportga keng qamrab olish. Ayniqsa, yoshlarni milliy xalq o‘yinlariga hurmat ruhida tarbiyalash va uning xalqimiz orasida keng tarqalishiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-qizlar o‘rtasida etnosport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqani filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan musobaqa bir-biridan qiziqarli o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Filial Matbuot xizmati.