Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Loyiha doirasida «Direktor kubogi» uchun musobaqa tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli tashkil etishga qaratilgan «Ta’limda muhim 90 kunlik» loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan Mo‘ynoq tumani maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Direktor kubogi» uchun sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Filial tomonidan tashkil etilgan musobaqada tumandagi 2012-2013 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘zaro bellashdi. Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi.

Ular filial tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.