Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalarning yozgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida «muhim 90 kun» doirasida turli tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.

Shu asosda bugun «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi Mansur Alxamov talabalarga «Kurash» sport turidan mahorat darsi o‘tkazdi.

Tadbirda talabalarga ushbu sport turining tarixi, unda foydalaniladigan usullar, ushbu sportdan eng yuqori yutuqlarga erishgan sportchilar haqida so‘zlab berildi.

Filial Matbuot xizmati.