Filialda «Kitobxonlik – buyuk kelajak garovi» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yosh avlodni milliy adabiyotga, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida filialda «Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Arzimbetova filial talabalariga kitob inson uchun bebaho do‘st, kitob bilan do‘st bo‘lgan insondan hech qachon yomonlik chiqmasligi, kitob o‘qigan insonning ma’naviy dunyosi boy, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi haqida so‘zlab berdi.
So‘ng filial Axborot resurs markazi rahbari K.To‘reshova bilan hamkorlikda har bir ishtirokchini kitob o‘qishga va kitob bilan do‘st bo‘lishga chaqirdi.
Filial Matbuot xizmati.