Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filialda «Direktor va yoshlar» ushrashuvi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov bilan filial talabalari o‘rtasida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda filiali direktori, professor B.Erimbetov yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va uning maqsadi haqida tuqtalib o‘tdi. Shuningdek, filialda talabalar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar, endilikda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida filial direktori B.Erimbetov har doim talabalarni tashabbuslari va intilishlari qo’llab-quvvatlanishi,  hamda ta’limni sifatli davom ettirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga, albatta, ko‘mak berilishi ma’lum qilindi.

Filial talabalari bilan yanada yaqin bo‘lish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflari bilan rahbarlarga bevosita murojaat etdi.

Filial Matbuot xizmati.