Filial talabalari faxrli o‘rinlarni egalladi

Shu yilning 29-30-oktyabr kunlari 2005-2006-yili tug‘ilgan qizlar, o‘g‘il bolalar va 45, 55 yoshdagi nuroniy sportchilar o‘rtasida sportning kurash turidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatga respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan sportchilar qatnashdi. Ular orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham bor.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabalaridan o‘g‘il bolalar o‘rtasida T.Kenesbayev 1-o‘rin, B.Orinbayev, M.Turganbayevlar 2-o‘rin, qizlar o‘rtasida esa U.Eshniyazova, Z.Suvanova, A.Kamalova, A.Abilqosimova, B.Jannazarovalar 2-o‘rin, Z.To‘lqinbayeva 2-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.