Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qizlar jamoasi kubok g‘olibi

«Salomatlik marafoni – baxtli hayotga qadam» mavzusida o‘tkazilayotgan sport tadbiri doirasida Nukus shahrida qizlar terma jamoalari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan musobaqada shahrimizdagi oliy o‘quv yurtlari va sport maktablarining terma jamoalari o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali qizlar jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib 1-o‘rinni egalladi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jamoa a’zolarini Maxsuda Yo‘ldosheva va Tilevboy Navbetullayevlar musobaqaga tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.