Filialda xotin-qizlarniilm-fanga yo‘naltirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

«InnoWomenWeek-2025» – ya’ni «Ixtirochi ayollar haftaligi» doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida xotin-qizlarni innovatsiyaga, ilm-fanga va texnologik ijodga yo‘naltirishga qaratilgan turli tadbirlar, uchrashuvlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.

Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va ularning innovatsion fikrlashdagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, ilm-fan, texnologiya va muhandislik sohalarida faol xotin-qizlarning ishtiroki zamonaviy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Bu borada «InnoWomenWeek-2025» haftaligi O‘zbekiston bo‘ylab gender tenglikni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish va xotin-qizlarning innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ilgari surilayotgan ushbu tashabbus xotin-qizlarni ilmiy va texnologik faoliyatga jalb etish emas, balki ularning ijodiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Filial Matbuot xizmati.