Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

G‘olib jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning stritbol turidan filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unga filialda tahsil olayotgan talabalardan o‘g‘il bolalar orasidan olti jamoa, qiz bolalar orasidan to‘rt jamoa tuzildi va ular o‘zaro g‘oliblik va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 04-25 jamoasi 1-o‘rin, 07-24 jamoasi 2-o‘rin, 02-24 jamoasi 3-o‘rin, qiz bolalar o‘rtasida esa 04-23 jamoasi 1-o‘rin, 11-24 jamoasi 2-o‘rin va 08-24 jamoasi 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

G‘olib jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan kubok, Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ma’lumot o‘rnida: musobaqaga Navbahor Polvoniyozova hakamlik qildi.

Filial Matbuot xizmati.