Ijarada yashovchi talaba-qizlarning yashash sharoiti o‘rganildi
Bugun 14-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida olis hududlardan kelib ijarada yashab o‘qiyotgan talaba-qizlarning holatlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova, tyutor va professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘rganildi.
Unda ijarada yashovchi qizlar bilan ta’lim-tarbiya, odob-axloq, elektr energiyasi, gaz plita, isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik haqida suhbatlashib targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Shuningdek, talaba-qizlarga darsdan bo‘sh vaqtlarida ilm-fan bilan shug‘ullanib, chet tillarini yaxshi o‘zlashtirib, hunar egallashga sarflash bo‘yicha maslahatlar berdi.
Filial Matbuot xizmati.