Reja-moliya
![]() |
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i |
Bo‘limning asosiy vazifalari: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli yuqori moliya organiga taqdim etish;
Filialning boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli yuqori moliya organiga taqdim etish;
zarur xollarda o‘rnatilgan tartibda xarajat smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishni kiritilishini ta’minlash;
Filialning daromadlari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi hududiy bo‘linmalariga taqdim etib borish;
Filial faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli rejalarini tuzishda ishtirok etish;
daromadlar manbaini ko‘paytirish, davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlar hajmini kengaytirish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash;
Filialning buxgalteriyasi va boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda ajratilgan mehnat resurslari va pul mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash;
Filialning moliya-xo‘jalik va boshqa sohalarini buxgalterik va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilib borish;
Filial bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot tuzish va yuqori tegishli moliya organiga topshirish bilan shug‘ullanadi.
![]() |
Yakupov Sherzod Baxramovich |