Filialda test shaklida o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

Filial talabalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilmga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, hamda ular orasidan eng bilimli va zukko talabalarni aniqlash maqsadida «Zukko talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish» bo‘limi va «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi bilan hamkorlikda «Jismoniy tarbiya va olimpiada harakati tarixi» fanidan test shaklida fan olimpiadasi o‘tkaziladi.

Unda filial talabalari o‘z bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi. Bilimdonlar orasidan bilimdonini aniqlovchi ushbu test shaklida o‘tkazilgan fan olimpiadasida 1-o‘rinni «Suzish» yo‘nalishi 4-kurs talabasi Satbayeva Azada, 2-o‘rinni «Shaxmat» yo‘nalishi 2-kurs talabasi Muratov Janbolat, 3-o‘rinni «Dzyudo» yo‘nalishi 4-kurs talabasi Kaipnazarova Janna va «Badiiy gimnastika» yo‘nalishi 4-kurs talabasi Abatbayeva Barnolar egalladi.

Ishtirokchilar orasidan faxrli o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov erishgan natijalari bilan tabrikladi va Faxriy yorliqlar hamda Vaucherlarini topshirdi.

Filial Matbuot xizmati.