Filial jamoasi a’zolari bir nechta 1-o‘rinlarni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi «Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Kegeyli tumani futbol stadionida oliy ta’lim muassasalari va mahalla yoshlari o‘rtasida «Urf odatlar beshigisan qadrdon mahallam» shiori ostida «Qoraqalpoq xalq o‘yinlari» mavzusida etnosport festivali o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi a’zolari «Arqan tartıs», «Langa», «Qazan oyını» va «Qasharman top» sport turlari bo‘yicha raqib jamoalar bilan o‘zaro kuch sinashdi.

O‘zaro bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial jamoalari a’zolari «Arqan tartıs» dan 1-o‘rin, «Langa» dan 2-o‘rin, «Qazan oyını» dan 1-o‘rin hamda «Qasharman top» dan 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati filiali.