Filial gandbolchi qizlari Pokistonda «Eng yaxshi o‘yinchi» nominatsiyasi bilan taqdirlandi

Pokiston davlatining Faysalobod shahridagi universitetning sport majmuasida 22-26-aprel kunlari gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasining kubogining III Markaziy Osiyo bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi shundaki, jamoa tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalaridan Gulzoda Turganboyeva, Dilfuza Ibraimova va Sarbinaz Saparboyeva ishtirok etmoqda.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tayotgan O‘zbekiston U-19 va Pokiston U-19 terma jamoalari uchrashuvida jamoa tarkibida ishtirok etayotgan filial talabalari Dilfuza Ibraimova va Sarbinaz Saparbayevalar tashkilotchilar tomonidan «Eng yaxshi o‘yinchi» nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Filial talabalarini erishgan natijalari bilan tabriklaymiz.
Terma jamoa a’zolariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Filial Matbuot xizmati.