Mahalla yoshlari direktor kubogi uchun kuch sinashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025 yilning 15 may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarni bajarish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida mahalla yoshlarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda «Turon» MFY hududidagi 13 va 15 yosh oralig‘ida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Musobaqani Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i I.Qudyarov ochib berdi hamda filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov va boshqalar so‘zga chiqib, ular ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Ular tashkilotchilar tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori kubogi, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.