Talabalarni kitob o‘qishga chaqirdi

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijodkorlar merosini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Axborot resurs markazi rahbari K.To‘reshova tomonidan «Bir oyda – 10 kitob, bir yilda – 100 kitob bilan do‘stlashdim» loyihasi doirasida kitobxonlikni targ‘ib qilish tadbiri o‘tkazildi.

Unda «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ayjamal Matjanova va Baxitli Saribayevlar talaba-yoshlarga O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibrayim Yusupovning hayoti va ijodi, uning qalamiga mansub asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinib, undagi voqealar mohiyati, obrazlar xarakteri va yoshlar uchun ibratli jihatlari tushuntirib o‘tildi.

Badiiy adabiyotning inson tafakkurini yuksaltirishdagi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar qalbiga singdirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib, kitobxonlikni targ‘ib qilishni har birimiz oiladan boshlashimiz zarurligini ta’kidladi.

Filial Matbuot xizmati.