Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Musobaqada jamoalar o‘zaro bellashdi

 

«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning voleybol turidan talabalar o‘rtasida filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada filial talabalari orasidan tuzilgan jamoa a’zolari g‘oliblik va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashdi.

Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida «Sportchilar» jamoasi 1-o‘rin, «Burgutlar» jamoasi 2-o‘rin, «2-kurslar» jamoasi 3-o‘rin, qizlar o‘rtasida esa «Qizlar» jamoasi 1-o‘rin, «Samuray» jamoasi 2-o‘rin, «Qaldirg‘och» jamoasi 3-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.

G‘oliblar kubok, diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Filial Matbuot xizmati.