Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu kunga qadar filial direktori bir qator rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik bo‘yicha memorandumlar tuzgan.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida olib borilayotgan xalqaro aloqalarga asoslanib Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Mambetnazarov, professor-o‘qituvchilardan M.Ramazanov va A.Yakupbayevlar Xitoy Xalq Respublikasining Suxe-Szi shahridagi Suxe-Szi universitetida «Tashqi yordam inson resurslarini rivojlantirish» bo‘yicha o‘tkazilayotgan qisqa muddatli ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etmoqda.
Filial matbuot xizmati.