Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar xavfsizligi birinchi o‘rinda

Filialda tahsil olayotgan har bir ijarada yashayotgan talabaning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda. Ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida aksariyat hollarda yuzaga keladigan is gazidan zaharlanish va isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda filial profilaktika inspektori guruh tyutorlari ishtirokida ijara uylarni ko‘zdan kechirdi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning yashash sharoitlari, xonalarni isitish vositalaridan foydalanish tartibi va gaz uskunalarining texnik holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida talabalarga gaz plitalari, isitish tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi va agar gaz plitalari yoki isitish tizimlarida nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol mutaxassislarga murojaat qilish kerakligi tushuntirildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda…

Filial Matbuot xizmati